Nokia 9 benchmark testida eng ilg‘or flagmanlarni “uyaltirdi”

Nokia 9 benchmark testida eng ilg‘or flagmanlarni “uyaltirdi”

Nokia shu kunlarda bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli yangi smartfonlar ustida qizg‘in ishlamoqda. Nokia 9 deb nomlanishi kutilayotgan flagman smartfonlar platformasini baholaydigan Geekbench benchmarkida “HMD Global (Nokia) TA-1004” nomi bilan imtihondan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, “HMD Global TA-1004” nomli smartfon Android 7.1.1 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi va 4 gigabaytli Qualcomm Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. Protsessorning ishlash salohiyati testida Nokia 9 yagona yadro bo‘yicha 2255 ballni, ko‘p yadroda ishlashda 7770 balnni qo‘lga kiritgan. Ya’ni, bu borada Galaxy S8 hamda endi taqdim qilinishi kutilayotgan OnePlus 5 flagmanlarini ortda qoldirgan.

So‘nggi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Nokia 9 smartfoni 5.27 dyuymli QHD (1440x 2560 pikselli) displey, ilg‘or Snapdragon 835 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 Gb doimiy xotira, har biri 13 megapikselli qo‘sh modulli bosh kamera, bosh tugmada barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi. Uning 8 gigabaytli tezkor xotiraga ega talqini ham ishlab chiqariladi.

Iyunda sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Nokia 9 flagmanining $700 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.