Nokia 9 rekord hajmli tezkor xotiraga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  3858
  •  27.05.2017 13:40

Nokia 9 rekord hajmli tezkor xotiraga ega bo‘ladi

Nokia nomida telefonlar chiqarish huquqini sotib olgan HMD Global kompaniyasi bu qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘pam chiqaravermaydi. Kompaniyaning bo‘lajak flagmani – Nokia 9 haqida ham shu paytgacha ko‘p narsa ma’lum emas. Bu boradagi ayrim taxminiy ma’lumotlarni mana bu maqolamizda e’lon qilganmiz.

Ammo kechagina bu gadjet haqida qiziqarli ma’lumot chiqdi, deya xabar beradi GSM Arena. GeekBench’dan sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia 9 eng katta hajmdagi tezkor xotiraga ega bo‘ladi – naq 8 gigabayt! Android-smartfonga bunchalik katta tezkor xotira chindanam kerak bo‘ladimi-yo‘qmi – bunisi endi boshqa masala. Xabarda aytilishicha, smartfonning kodli nomi «Heart» ekan.

Boshqa gap-so‘zlarga ko‘ra,  Nokia 9’ga diagonali 5,3 dyuymli QHD-ekran va 64 GB ichki xotira (bazaviy modelida) o‘rnatiladi. Uning har biri 13 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘lishi va ular uchun 2 ta yorug‘lik-diodli fotochaqnoq ham ajratilishi aytilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Nokia 9 avvalroq Geekbench benchmark-testida OnePlus 5 hamda Samsung Galaxy S8 modellaridan ustun kelgan.

Kutilayotgan flagmanning taxminiy narxi 750 yevro, deyilmoqda xabarda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.