Nokia bosh qarorgohidan atigi 20 chaqirim narida: Huawei Finlandiyada tadqiqot markazini ochmoqda

  •   Saroy
  •  988
  •  06.08.2018 14:26

Nokia bosh qarorgohidan atigi 20 chaqirim narida: Huawei Finlandiyada tadqiqot markazini ochmoqda

Nokia o‘zining aktivlarini asta sekin sotayotgan bir paytda, xitoylik raqobatchi  Huawei aksincha, ularni ko‘paytirish bilan ovora. Bu ham yetmaganidek, kompaniya shundoq  Nokia qarorgohi joylashgan hududda o‘zining tadqiqot markazini ochishga qaror qildi, deb xabar qiladi TNW. Birinchi galda Huawei yangi R&D-markazga 30 kishini yollaydi va besh yil davomida mutaxassislar shtati yuz kishigacha oshiriladi. Loyihaga 90 million dollar ajratildi.

Xitoy kompaniyasining Xel’sinkida tadqiqot markazini ochish anchayin oqilona ish  bo‘ldi. Nega deganda, Nokia mablag‘ iqtisod qilaman deb, o‘zining mutaxassislarini ishdan bo‘shatayotgan bir paytda, Huawei uchun mobil sanoatida ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlab-tanlab ishga qabul qilish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Hammaga ma’lumki, kadrlar barchasini hal qiladi, degan ibora bor. Xabarning yana bir qiziq tomoni, unda  Huawei’ning yangi R&D-markazi  shundoq Nokia bosh qarorgohidan 20 chaqirim narida joylashgan, deyilganida.

Bu Xitoy kompaniyasining tadqiiqotlar va ishlanmalar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab rejalarining biri hisoblanadi. Bundan avvalroq Huawei  Buyuk Britaniyada tadqiqot markazini ochishga 2 milliard dollar jalb qilgan edi. Shu bilan kompaniyaning R&D markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlari soni 70 ming kishiga yetkazildi, ularning taxminan 10 foizi Yevropada ishlaydi. Huawei’ning Finlandiya va Buyuk Britaniyadagi tadqiqot markazlaridan tashqari, yana Shvetsiyada ham sanoat dizayni bo‘limi faoliyat yuritmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!