Nokia E1 kutilganidan ham kuchliroq texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi

Nokia E1 kutilganidan ham kuchliroq texnik xususiyatlarga ega bo‘ladi

Bundan bir necha kun ilgari Nokia`ning Malayziyadagi rasmiy distribyuteri hisoblangan Avaxx kompaniyasi joriy haftaning boshida riteylerlar bialn o‘tkazilgan uchrashuvda afsonaviy brend 2017 yilda 6 yoki 7 ta Android smartfon chiqarishini ma’lum qilgan.

Hozirgacha Nokia E1, D1, D1C va Z2 Plus modellari haqida ba’zi tafsilotlar oshkor etilgan. Avvalroq berilgan xabarlarda Nokia E1 Snadragon 200 protsessori va 1 GB tezkor xotira bilan jihozlanishi aytilgan edi. Biroq oradan bir oz muddat unga tegishli ma’lumotlar yangilandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia E1 5,2 yoki 5,3 dyuymli HD-ekran, Qualcomm Snapdragon 425 protsessori, 2 GB tezkor xotira, 13/8 Mpli kamera bilan jihozlanadi. U Android 7.0 Nougat dasturida ishlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nokia brendi ostida qurilmalar ishlab chiqarish huquqini qo‘lga kiritgan HMD Global kompaniyasi fevral oyida Barselonada o‘tkaziladigan MWC ko‘rgazmasida yangi smartfonlarni  namoyish etadi.

Manba: 4PDA

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.