Nokia flagmani Android 8.0 Oreo’gacha yangilana boshladi, o‘zgarishlar bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  1044
  •  25.11.2017 13:06

Nokia flagmani Android 8.0 Oreo’gacha yangilana boshladi, o‘zgarishlar bilan tanishing

HMD Global kompaniyasi o‘zining Nokia 8 smartfoni uchun Android 8.0 Oreo tizim talqini asosidagi yangilangan proshivkasini tarqata boshladi. Bu haqda kompaniyaning mahsulotlar bo‘yicha bosh menejeri Yuxo Sarvikas (Juho Sarvikas‏) o‘zining Twitter-akkaunti orqali ma’lum qilgan.

O‘QING: Rasmiy: Nokia 8 flagmani sotuvga chiqarildi

Beta-sinov va yakuniy proshivka

Nokia’ning Android 8.0 Oreo talqiniga tayangan proshivkasi V4.35J raqami bilan keladi va 1,51 GB hajmga ega. Shuningdek, u Android’ning noyabrdagi xavfsizlik yangilanishlarini ham o‘z ichiga oladi. Yangilanishning amaliy imkoniyati smartfon joylashgan hudud va aloqa operatoriga bog‘liq, deyiladi xabarda.

HMD joriy yilning oktyabri oxiridan Nokia 8 foydalanuvchilari orasida Android 8.0 Oreo talqinining beta-sinovini yo‘lga qo‘ygan edi. Sarvikasning so‘zlariga ko‘ra, testlarda ikki mingdan oshiq kishi ishtirok etgan. Yaqin orada Android 8.0 Oreo’ni sinab ko‘rish imkoni Nokia 3, 5 va 6 smartfonlarining sohiblariga ham taqdim etiladi.

Nimalar o‘zgargan?

Xo‘sh, Android operatsion tizimining 8.0 Oreo talqini Nokia 8 foydalanuvchilariga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

Ular quyidagilardir:

  • «Surat ichida surat» rejimi;
  • Endi bildirishnomalar nuqtalar shaklida;
  • Xavfsizlik tizimining Google 2017-11 yangilanishi;
  • «Google Play Himoya» ilovasi yordamida xavfsizlikni tekshirish;
  • Parollarning avtomatik to‘ldirilishi.

O‘QING: Eksklyuziv video: Nokia 9 flagmani tayyor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!