Nokia’ning taqdim etilmagan smartfoni ilk «jonli» suratda!

  •   DiMaX
  •  926
  •  17.02.2018 09:45

Nokia’ning taqdim etilmagan smartfoni ilk «jonli» suratda!

MWC 2018 ko‘rgazmasida HMD Global kompaniyasi bir nechta qurilmasini namoyish etishni rejalashtirgan. Ular orasida hamyonbop Nokia 1, flagman Nokia 9 hamda o‘tgan yilgi smartfonning yaxshilangan varianti – Nokia 7+ modellari bor.

O‘QING: Eng arzon Nokia 1 hamda ilk romsiz Nokia 7+ suratlari va jihatlari

Bulardan Nokia 7+ modeli diagonali 6 dyuymli, tomonlari 18:9 nisbatli va Full HD+ formatli (2160x1080 pikselli) displeyga ega bo‘ladi. Korpusi metall romli, orqa paneli esa shishadan ishlangan. Ekranning tepa va pastki qismlarida ensiz romlar qolgan, daktiloskopik skanerni esa orqa panelga – qo‘shaloq kamera modullari ostiga o‘rnatishgan.

Kecha internet kengliklarida mana shu smartfonning ilk «jonli» rasmi tarqaldi. Unda aks etgan qurilma yuqoridagi ma’lumotlarni tasdiqlab turibdi. Mana, tomosha qiling-da:

Nokia 7+’ning asosiy kamerasi ob’yektivlari Carl Zeiss kompanisining optikasi bilan ta’minlangan. Ulardan bosh modul 12, yordamchi modul esa 13 megapikselli. Aftidan, unda tasvirni optik barqarorlashtirish va ikki karra zum funksiyasi bo‘ladi.

Snapdragon 660 protsessorida ishlovchi bu smartfonning tezkor hamda ichki xotirasi tegishlicha 4 va 64 gigabaytni tashkil etadi. U Android Oreo operatsion tizim talqinida ishlaydi.

O‘QING: Nokia 7 Plus: o‘rta narxli, kuchli smartfon!