Nokia’ning yana bir smartfoni benchmarkda «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  1293
  •  27.01.2018 16:03

Nokia’ning yana bir smartfoni benchmarkda «qo‘lga tushdi»

Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasiga bir oy qolganida, turli smartfonsozlarning noma’lum modellari xususida yangi ma’lumotlar chiqishda davom etmoqda. Jumladan, telefonsozlikda bir paytlari «qirol» bo‘lgan afsonaviy brend ham bundan mustasno emas.

O‘QING: Besh kamerali ilk smartfon – Nokia X yana bir xususiyati bilan dunyoda tengsiz

Bugun Geekbench ma’lumotlar bazasida Nokia 7 Plus telefonining ma’lumotlari aniqlandi. Aftidan, u 2017 yil oktyabrda taqdim etilgan Nokia 7 smartfonining yaxshilangan versiyasi bo‘lsa kerak.

Aytish kerakki, Nokia 7 o‘rta narx toifasiga mansub bo‘lib, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori bazasida ishlaydi. Mazkur chip 2,2 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi sakkizta ARM Cortex-A53 yadrosini, Adreno 508 grafik kontrolleri va X12 LTE mobil modemini o‘z ichiga oladi.

O‘QING: ZEISS kamerali Nokia 7 taqdim etildi: ajoyib dizayn qulay narxda! (+video)

Nokia 7 Plus modifikatsiyasi esa, Geekbench testi natijalariga ko‘ra, undan baquvvatroq Snapdragon 660 protsessoriga ega. U sakkizta Kryo 260 yadrosiga ega – ular 2,2 GGs.gacha takt chastotasida ishlaydi. Chip tarkibidagi mobil modem o‘sha-o‘sha – X12 LTE bo‘lsa-da, grafik tezlatgichi Adreno 512 rusumli.

Har ikkala modeldagi smartfonda ham tezkor xotira bir xil – 4 gigabaytli. Aftidan, «plyusli» talqin ham dastlabki Nokia 7 smartfonidagi kabi 5,2 dyuymli, 1920×1080 pikselli (Full HD) displeyga, 5 va 16 megapikselli kameralarga ega bo‘lsa kerak.

Ko‘rib turganingizdek, yangi smartfon Android 8.0 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Original Nokia 7 modeli esa dastlab Android 7.1.1 Nougat platformasi bilan chiqarilgan.

Nokia 7 Plus smartfoni 26 fevraldan 1 martgacha Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 tadbiri doirasida taqdim etilishi mumkin.

O‘QING: Nokia’ning 15 ta afsonaviy mobil telefonlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!