Nokia’ning yangi smartfoni QHD ekran va Zeiss optikasiga ega bo‘lishi mumkin

Nokia’ning yangi smartfoni QHD ekran va Zeiss optikasiga ega bo‘lishi mumkin

Bundan bir necha kun avval saytimizda 2017 yilda Nokia brendi yana smartfonlar bozoriga qaytishi rasman taqdiqlangani to‘g‘risida  xabar yozgan edik Afsonaviy markaning yangi smartfonlari fevral oyida Barselonada o‘tkaziladigan MWC ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin.

Mobiltelefon saytining ma’lum qilishicha,  Nokia’ning yangi smartfoni 5,2 yoki 5,5 dyuymli QHD ekran va Snapdragon 820 protsessori bilan jihozlanadi. Shuningdek, mazkur smartfon optikasi Zeiss kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Zeiss avvalroq ham  Nokia brendi ostidagi kamerafonlar uchun turli yechimlarni tayyorlab kelgan. Insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, smartfon to‘liq metall korpus bilan o‘ralishi hamda suvdan IP67 standarti bo‘yicha himoyalanishi mumkin. Hozircha Android platformasida ishlaydigan yangi Nokia smartfonlariga tegishli boshqa atfsilotlar oshkor qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.