Nokia patent huquqini buzgani uchun xitoylik smartfonsozni sudga berdi

Nokia patent huquqini buzgani uchun xitoylik smartfonsozni sudga berdi

Nokia patent huquqlarini buzganlikda ayblab, xitoylik kompaniya Oppo ustidan sudga bir necha da’vo arizasini kiritdi.

O‘QING: Tramp ijtimoiy tarmoqlarni sudga beryapti

Ushbu patentlar aloqa, interfeys va xavfsizlik funksiyalariga taalluqlidir. Arizalar Yevropa va Osiyo bozorlariga kiritilgan.

2018 yilda Oppo va Nokia bir necha yillik litsenziyalash kelishuvini imzolagan edi. Aftidan, ushbu bitim davri tugagan. Nokia shartnomani yangilashini so‘rab Oppo'ga rasmiy murojaat bilan chiqqan, ammo kompaniya bundan bosh tortgan. Natijada, Oppo hali ham muddati o‘tgan shartnoma doirasidagi patentlardan foydalanayotgani bois Nokia'dagilar vaziyatga qonuniy chora ko‘rishga qaror qilgan. Biroq Nokia vakiling aytishicha, bu holatga yechim topishning bundan maqbulroq usuli ham bor.

Nokia juda ko‘plab patentlarga ega bo‘lib, Samsung, Apple, LG, Lenovo va Blackberry kabi kompaniyalar bilan mualliflik gonorari to‘lanadigan shartnomalar imzolagan.

O‘QING: Mobil operatorni UZREPORT TV sudga berdi