Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

  •   Saroy
  •  1800
  •  02.07.2018 15:53

Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

Nokia kompaniyasi Nokia smartfonlarini  Android P.  yangi versiyagacha yangilash rejasini ma’lum qildi. Bu haqda Nokia Mobile Care xizmati xabar qilgan. Xabarda yangilanish avgust oyida amalga oshirilishi ham aytilgan.

Demak,  Android P’ning to‘laqonli relizini avgust oyida kutsak bo‘ladi. Shu vaqtgacha aniq sanasi aytilmagan edi, faqat yangi versiyadagi operatsion tizimi shu yilning uchinchi choragida  chiqishi ma’lum qilingan edi.

O‘QING: Nokia’ning eng kuchli smartfoni

HMD Global Android P barcha Nokia smartfonlariga joriy etilishini aytmoqda. Bu degani, hatto arzon qurilmalarda ham yangilanish bo‘ladi, avvallari arzon smartfonlar onda-sonda yangilanardi. Albatta, proshivka olish jarayoni barcha qurilmalar uchun bir vaqtda ro‘y bermaydi, lekin bosqichma-bosqich albatta amalga oshiriladi.

Darvoqe, Nokia qurilmalari egalari hozirda Android P beta-versiyasini testdan o‘tkazmoqda.

O‘QING: Nokia X6 xalqaro bozor sari hozirlanmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.