Nokia X5: MediaTek Helio P60 protsessorida ishlaydigan arzon smartfon

  •   Saroy
  •  1612
  •  11.07.2018 16:35

Nokia X5: MediaTek Helio P60 protsessorida ishlaydigan arzon smartfon

HMD Global kompaniyasi Nokia X5 byudjet smartfonining anonsiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda tarmoqlarda qurilmaning protsessori va bir nechta yangi pres-renderi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

O‘QING:«Bananofon» Nokia 8110: xaridorlarni qiziqtirib qo‘ydi

Smartfon sakkizyadroli takt chastotasi  2.0 GGs bo‘lgan chip bilan ta’minlangan. Xitoyning Baidu forumida insayderlar shunday ma’lumotni o‘rtaga tashlashgan, ya’ni u SoC MediaTek Helio P60 bo‘lishi mumkin. U 12-lik FinFET protsessda qurilgan va  big.LITTLE arxitekturasidan foydalanadi. Bu 4 yadrali Cortex-A53 va 4 yadrali Cortex-A73. 

O‘QING:«Bananofon» Nokia 8110: xaridorlarni qiziqtirib qo‘ydi

Bundan tashqari, Nokia X5 5.86 dyumli qirqmali LCD-displey bilan ta’minlanadi. Displey formati 1520×720 pikselli bo‘lib. Tomonlar nisbati 19ga 9, shuningdek qurilmaga 3/4/6 GB OZU, 32/64 GB PZU o‘rnatilgan, qo‘sh kamerasi 13 Mp va batareyasining sig‘imi 3000 mAch.

Gap-so‘zlarga qaraganda, yangi qurilma yaqin kunlarda Xitoyda namoyish etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!