Nokia X6 – ilk partiya o‘n soniyada sotilib ketdi

  •   Saroy
  •  2492
  •  26.05.2018 14:51

Nokia X6 – ilk partiya o‘n soniyada sotilib ketdi

O‘tgan hafta HMD Global kompaniyasi Nokia X6 smartfonini sotuvga chiqardi. Aytish mumkinki, yangi devaysni  xaridorlar sabrsizlik bilan kutayotgan ekan.  

O‘QING: Hamyonbop Nokia 3 (2018) orqa panelini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz

Yangi modelning ilk partiyasi Xitoyning bir nechta internet savdo maydonlarida (JD, TMALL i Suning) o‘n soniya ichida sotilib ketgan. 4/32 GB’lisiga  205 dollar, 4/64 GB’lisiga  236 dollar va  eng kuchlisi – 6/64 GB’lisiga  $266 so‘ralgan.

Hozircha smartfon faqat Xitoy bozorida sotilmoqda. Lekin HMD Global devaysni hademay boshqa mintaqa bozorlariga ham chiqaradi, chunki birinchi partiyasi 10 soniyada sotilgani, uning debyuti a’lo darajada boshlanganini bildiradi-da.

O‘QING: Nihoyat, Nokia ham iPhone X uslubidagi ilk smartfonini taqdim etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!