Nokia yangi flagmanining surati chiqdi

  •   DiMaX
  •  1748
  •  18.09.2017 09:56

Nokia yangi flagmanining surati chiqdi

Nokia kompaniyasi nafaqat hamyonbop Nokia 2 smartfonini, balki kuchli Nokia 9 flagmanini ham tez orada taqdim etadi. Bu xususda Slashleaks resursi ma’lumot bergan.

Yangi smartfonning korpusi metalldan yoki shishadan yasalgan bo‘ladi. Barmoq izi skaneri orqa panelda joylashtirilishi ehtimoli yuqori, chunki qurilma romsiz displeyga ega bo‘ladi. Daktiloskopik skaner bilan birga, Nokia 9 himoyasini yanada mustahkamlash uchun, ko‘z yoy pardasi skaneri ham o‘rnatiladi.

Nokia’ning ushbu devaysi ham ilg‘or jihatlarni o‘zida jamlashtiradi. Jumladan, Nokia 8 modelidagi singari, uning qo‘shaloq kamerasi ham Carl Zeiss optikasiga ega. Har biri 12 megapikselli ushbu ikkita modulning bittasi rangli, ikkinchisi esa oq-qora.

Shuningdek, Nokia’ning ushbu gadjeti Android 8.0 Oreo boshqaruvida ishlaydigan ilk smartfonlardan biri bo‘lishi mumkin.

Nokia 9’ning asosiy xususiyatlari:

  • Displey: diagonali 5,2 dyuym, 2560x1440 pikselli;
  • Protsessor: Snapdragon 835;
  • Xotira: 4 GB tezkor va 64 GB doimiy;
  • Kamera: asosiy – 12+12 Mp; old kamera –12 Mp.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.