Nokia yilning eng arzon va ilg‘or smartfonlaridan birini taqdim qildi

Nokia yilning eng arzon va ilg‘or smartfonlaridan birini taqdim qildi

Nokia bugun rasman Nokia X5 smartfonini Xitoyda taqdim qildi. Smartfon ekran ustidagi "kesig‘i" hamda qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos.

Nokia X5 modeli 5.86 dyuymli, HD+ sig‘imli hamda 2.5D himoya va bezak shishasi bilan qoplangan, tomonalir nisbati 19:9 o‘lchamli ekranga ega bo‘lgan.

Devaysning samarali ishlashi uchun chastota intervali 2 Ggs bo‘lgan, 8 yadroli, imkoniyatlari o‘rtacha MediaTek Helio P60 mas’ul bo‘lgan. Operativ xotira sig‘imi 4, doimiy xotira sig‘imi 64 gigabaytli.

Nokia X5 orqa paneli shishadan ishlangan. Bu yerda barmoq izi skanerini ko‘rish mumkin. Nokia X6 quvvati uchun tok sig‘imi 3060 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul.

Nokia X5 bosh kamerasi 13+5 megapikselli sensorlar birikuvidan iborat. Old kamera 8 megapikselli. Kamera tizimidagi "sun’iy aql" funksiyasi yordamida smartfon foydalanuvchi qiyofasini tekshiruvdan o‘tkazib, uni blokirovkadan chiqaradi.

Nokia X5 modeli qadoqdayoq Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. U Dual 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 4.2, GPS, USB Type-C kabi aloqa tarmoqlarida ishlaydi.

Smartfon o‘lchamlari: 149.51 x 71.98 x 8.096 mm, vazni: 160 gramm.

Nokia X5 texnik jihatlar:

Ekran: 5.86 dyuymli, HD+ sig‘imli ( 720×1520 pixels), 2.5D qayrilma shisha bilan qoplangan, 19:9 nisbatli;
Protsessor: sakkiz yadroli MediaTek Helio P60, 12 nanometrli texnik jarayonda ishlaydi (Quad 2GHz Cortex A73 + Quad 2GHz Cortex A53 CPUs), videokarta -- ARM Mali-G72 MP3 GPU;
Operativ va doimiy xotira: 3 Gb operativ hamda 32 Gb doimiy yoki 4/64 gigabaytli;
microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi: bor, 256 gigabaytgacha;
Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo) OS, Android P tizimiga yangilash mumkin;
Sim-karta: gibrid Dual SIM (nano + nano / microSD);
Bosh kamera: 13 Mp bosh sensor hamda 5 Mp yordamchi sensor, LED fotochaqnoq, f/2.0 apertura, PDAF va boshqa funksiyalar;
Old kamera: 8 Mp, f/2.2 apertura, 80.4 daraja burchak ostida surat oladi;
Qo‘shimcha: 3.5 mm audio tuynuk, FM Radio;
Barmoq izi skaneri: bor;
O‘lchamlari: 149.51 x 71.98 x 8.096 mm; Vazni: 160 gramm;
Aloqa imkoniyatlari: Dual 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 4.2, GPS, USB Type-C;
Akkumulyator: 3060 mA soat sig‘imli.

O‘qing: Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

Nokia X5 qora, dengiz (ko‘kimtir), jilodor oq rangdagi korpusda ishlab chiqariladi. Uning boshlang‘ich talqini 148 AQSh dollaridan, yuqori talqini 208 AQSh dollaridan 19 iyuldan boshlab sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!