Nokia va Apple'ning patent "jangi"da mag‘lub $2 mlrd dollarga tushdi

Nokia va Apple'ning patent

Nokia hamda Apple o‘rtasidagi patent bilan bog‘liq nizolar 2016 yilda boshlangan edi. Apple kompaniyasi o‘shanda Finlyandiyaning Nokia Technologies kompaniyasini patent huquqini 3-tomon ishlab chiqaruvchilariga sotishda ayblagan edi.

Tergov-surishtiruv ishlari natijasida, iPhone ishlab chiqaruvchisining o‘zi Nokia'ning 32 ta patent kelishuvlarini buzganligi aniqlandi.

2017 yilning may oyida Nokia va Apple vakillari patent mojarolari nihoyasiga yetganini ma’lum qilishdi. Joriy haftada "olma" korporatsiyasining Nokia'ga to‘lab berishi kerak bo‘lgan mablag‘ miqdori aniq bo‘ldi.

Nokia 2017 yilning 2-choragida olgan daromadlariga oid hisobot bilan birga, kompaniya Apple'dan ko‘rgan zararini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Apple 1,7 milliard yevro, ya’ni 2 milliard AQSh dollarini Nokia'ga to‘lab beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!