Nokia’ning eng arzon smartfoni: ilk ma’lumotlar va surati chiqdi

  •   DiMaX
  •  1683
  •  21.07.2017 18:29

Nokia’ning eng arzon smartfoni: ilk ma’lumotlar va surati chiqdi

MWC 2017 ko‘rgazmasida to‘rtta smartfon namoyish etgan Nokia shu yilning o‘zida yana to‘rtta smartfon taqdim qilishi haqida yaqinda xabar berganmiz. Internetda o‘shalardan biri – Nokia 2 modelining Nokia 3 bilan taqqoslangan surati paydo bo‘ldi.

Rasmda har ikkala smartfonning old paneli yonma-yon qo‘yib o‘zaro solishtirilgan. Avvalroq chiqqan xabarlarga ko‘ra, Nokia 2 modeli kompaniyaning bu yilgi smartfonlari orasida eng arzoni bo‘lsa ham, unga Snapdragon 212 protsessori o‘rnatilgan. GSM Arena sayti manbasi – «sizib chiqqan» ma’lumot muallifining ta’kidlashicha, bu ikkala qurilmada ham Snapdragon 212 qo‘llanilishi mumkin.

Smartfonlarning ekranlari bir xil – diagonali 5 dyuymga teng. Ammo ekran ustidagi navigatsiya tugmachalarining mavjudligi sababli Nokia 2 ekranidagi foydali maydon kamroq. Shuningdek, uning suhbatlashish dinamigi va old kameralarning joylashuvi Nokia 3’dagi bilan taxminan bir xil.

Nokia 2 devaysining umumiy shakli – burchaklari salgina dumaloqroq. Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha, uning tashqi ko‘rinishi Lumia 620 telefonini ham eslatib yuboradigan bo‘ladi.

Qiziq, negadir Nokia bu yangi modelida Android dasturiy tugmachalaridan dastlabki darajada foydalanishga qaror qilgan. Uning shu paytgacha chiqarilgan birorta smartfonida bunday opsiya kuzatilmaydi.

Nokia’ning yangi – bu yilgilari ichida eng hamyonbop bo‘lishi kutilayotgan smartfoni xususida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.