NoPhone Air - komediyaga aylangan anti-smartfon

NoPhone Air  - komediyaga aylangan anti-smartfon

Bundan bir necha yillar avval, aniqrog‘i, 2014 yilda NoPhone kompaniyasi smartfon shaklidagi plastik buyumni taqdim etadi. U faqat plastik bo‘lib, unda hech qanday ekran, xotira yoki kamera bo‘lmagan.

Kompaniya bunday mahsulotni ishlab chiqarishga odamlarning smartfonga haddan ziyod mukkasidan ketib qolgani sabab qilib ko‘rsatgan. Ya’ni agar foydalanuvchi smartfon o‘rniga shu mahsulotni olib yursa, u smartfoni yonida ekanligini his qiladi. Bu esa smartfondan haddan ziyod ko‘p foydalanishni oldini olishga yordam beradi deb hisoblangan.

Garchi bu smartfon shaklidagi plastik bo‘lsa-da, kompaniya o‘z anti-smartfonini suvga chidamli ekanligiga urg‘u bergan. 

Albatta, NoPhone deb ataluvchi ushbu anti-smartfon qandaydir yechim berishi mumkin, biroq kompaniyaning keyingi mahsuloti hammasidan oshib tushgan. 

NoPhone Air - bu kompaniyaning keyingi mahsuloti bo‘lib, faqat qutidan iborat xolos. Uning ichida hech narsa bo‘lmaydi. Qutiga esa “telefondan ko‘p foydalanuvchilar uchun ko‘rinmas telefon“ deb yozilgan. Qanchalik kulgili bo‘lmasin, ushbu “ko‘rinmas“ anti-smartfon sotuvga chiqqan. 

O‘QING: Sony yangi PlayStation VR2 qurilmasiga oid yangi ma’lumotlarni oshkor qildi