Nothing yangi brendni qanoti ostiga olmoqda

Nothing yangi brendni qanoti ostiga olmoqda

Phone 1 smartfoni ishlab chiqaruvchisi, Nothing, yangi XO brend nomi ostida "Particles" – yana yangi simsiz quloqchinlar taqdim qilishga tayyorlanayotgani ma'lum bo'ldi. Bu haqida dasturchi Kuba Voytsexovski 91mobiles nashri orqali xabar bermoqda.

Foto: 91mobiles

Malum bo'lishicha, Nothing'ning yangi brend va mahsulotiga oid ma'lumotlar kompaniya proshivkasidan topilgan. Ularning ulashilgan renderlariga qarab shuni aytish mumkinki, yangi quloqchinlar yeryong'oqni eslatib yuboradigan noodatiy dizaynga va yumaloq shakldagi keysga ega.

Voytsexovskiyning aytishicha, quloqchinlar LHDC kodekini va aktiv shovqinni bekor qilishni qo'llab-quvvatlaydi. Boshqacha qilib aytganda, Nothing o'zining Ear 1 va Ear Stick quloqchinlarining birlashtirilgan variantini chiqaradigan ko'rinadi.

"Particles by XO" savdo belgisi "The Most Unknown LLC" kompaniyasi tomonidan allaqachon AQSHda ro'yxatdan o'tkazilgan. Katta ehtimol bilan bu Nothing'ning yashirinish uchun ochilgan "qobiq" kompaniyasini bo'lishi mumkin.

O'QING: Galaxy S23 smartfonlari maketlarining suratlari tarqatildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.