Nothing'dan yangi qurilma

Nothing'dan yangi qurilma

Nothing kecha o‘zining ikkinchi avlod simsiz quloqchinlarini taqdim etdi. Noodatiy dizayndagi quloqchin keysi bilan 29 soat ishlab berishi mumkin. 

Silindrsimon shakldagi keysning ust oynasi shaffof bo‘lib, uning ichidagi quloqchinlar ko‘rinib turadi. 

Ear stick quloqchinida shovqinni bartaraf etish funksiyasi mavjud emas, ammo Voice Technology funksiyasi uchta mikrofondan foydalangan holda shovqinli yoki shamol esayotgan vaqtda qo‘ng‘iroq orqali sifatli ovoz eshitilishini ta’minlaydi. Musiqani yoqish, to‘xtatish, o‘tkazib yuborish, shuningdek, ovozni boshqarish hamda ovozli assistentni ishga tushirish sensorli boshqaruv bilan amalga oshiriladi. 

Qurilmada Bass Lock funksiyasi bo‘lib, u atrof-muhitga qarab bass tovushini sozlaydi. Quloqchin IP54 suv va changdan himoya standartiga ega. To‘liq quvvati 7 soatga, keysi bilan 29 soatga yetadi. U Android smartfonlarga juda tez ulanadi. Ergonomik dizayni tufayli bu quloqchinlarni kun bo‘yi taqib yurish mumkin

Quloqchin Nothing Phone (1) smartfoni bilan bog‘langanda undagi imo-ishoralar boshqaruvi, quloqchinni top va yana bir qancha funksiyalardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Boshqa Android smartfonlar yoki iPhone'ga ushbu funksiyalarni qo‘shish uchun Nothing X ilovasini yuklab olish kerak bo‘ladi. 

Nothing Ear (stick) quloqchinining narxi 99 dollarni tashkil qiladi. Qurilma 4 noyabr sanasida 40 davlatda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Vertu dunyodagi ilk Web 3 smartfon chiqardi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!