Nubia ulkan akkumulyatorli Red Magic 3 geymerofonining taqdimot kunini rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  816
  •  18.04.2019 12:33

Nubia ulkan akkumulyatorli Red Magic 3 geymerofonining taqdimot kunini rasman aytdi

ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasining ilk geymerofoni – Red Magic birinchi partiyasi atigi 37 soniyadayoq sotib tugatilgan. O‘tgan yilning oktyabri oxirida esa uning ikkinchi avlodi – Red Magic Mars taqdim qilinib, benchmarklarda rekord o‘rnatgan.

O‘QING: 2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

Kompaniya allaqachon mazkur turkumning uchinchi vakili – Red Magic 3 (yoki Red Devil 3) modelini ham tayyorlagan. Avvalroq Nubia rahbari Ni Fey (Ni Fei) uning akkumulyatori 5000 mA/soatdan oshiq tok sig‘imiga ega ekanini hamda tezkor quvvatlana olishini tasdiqlagan.

Bugun esa ishlab chiqaruvchi yangi geymerofonning taqdimot sanasini rasman e’lon qildi. Quyidagi tizerga ko‘ra, Nubia Red Magic 3 modelini keng jamoatchilikka 28 aprelda ko‘rsatishadi.

Hozirgacha chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, ZTE Nubia Red Magic 3 modeli Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 12 gigabaytlik, ekranining yangilanish chastotasi esa aksariyat kompyuterlarnikidan ham yuqori bo‘ladi. Smartfonni havoli-suyuqlikli sovitish tizimi bilan ham ta’minlashadi.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?