Nubia Z17S: 4 kamerali romsiz flagman taqdim qilindi

Nubia Z17S: 4 kamerali romsiz flagman taqdim qilindi

ZTE kompaniyasi sub-brendi bo‘lgan Nubia 12 oktyabrda yangi smartfonlarini taqdim qildi. Ularning orasida 5,77 dyuymli Nubia Z17S flagmani diqqatga sazovor. Uning tomonlar nisbati 17:9 standartida ishlab chiqarilgan ekrani romdan xoli va piksel sig‘imi ham yuqori -- Full HD+, ya’ni 2040x1080 belgiga teng. Ekran Gorilla Glass 4 himoya shishasi bilan qoplangan. Bu gal qizil hoshiyali virtual "Home" tugmasi old paneldan olib tashlangan. Bosh kamera esa qizil gardish bilan o‘rab olingan.

Nubia Z17S flagmani jahonning eng kuchli Snapdragon 835 protsessori, 6 + 64 yoki 8 + 128 GB xotiraga, tezkor quvvat oluvchi 3100 mA soat batareya (26 Vt., 25 minutda 50%) ga ega bo‘lgan. Xotirani 128 gigabaytli fleshka orqali kengaytirish ham mumkin.

2 ta SIM-kartali smartfon 4G LTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.1, GPS/GLONASS/Beidou, NFC tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. ZTE Nubia Z17S Android Nougat 7.1'ning o‘zlashtirilgan Nubia 5.0 operatsion tizimida ishlaydi.

O‘lchamlari: 147,46 x 72,68 x 8,5 mm, vazni — 170 gramm.

Nihoyat, Nubia Z17S ham audio quloqchinga mo‘ljallangan 3,5 mm.li portdan voz kechgan. Uning o‘rniga smartfon USB Type-C va NFC portlari bilan ta’minlangan.

Nubia Z17S'ning kamera imkoniyatlari yuqoriga o‘xshaydi: bosh kamera 12 + 23 megapikselli sensorlar birikmasidan iborat. Ulardagi yorug‘lik taqsimlovchi moslama (diafragma) f/1.8 hajmli. Shuningdek, sapfir linzasi yotqizilgan bosh kamera ob’yektni 2 karra yaqinlashtirish, 10 karra raqamli yaqinlashtirish funksiyalariga ega.

Nubia Z17S'dagi Old kamera ham qo‘sh -- har biri 5 Mp bo‘lgan 2 ta sensorlar birikmasidan iborat va ular 84 daraja ostida suratga oladi. Ularning diafragma hajmi f/2.2 standartli.

Qora va ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqarilayotgan smartfonga ayni paytda oldindan buyurtma berish mumkin. Nubia Z17S'ning 6 + 64 GB talqini $455, 8 + 128 GB talqini $606 dollardan sotuvga chiqariladi.Uni yetkazib berish 19 oktyabrdan boshlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!