NVIDIA CES 2017 ko‘rgazmasida yangi Shield konsolini ko‘rsatishi mumkin

NVIDIA CES 2017 ko‘rgazmasida yangi Shield konsolini ko‘rsatishi mumkin

NVIDIA Shield pristavkasi 2015 yilda ilk marotaba namoyish qilingan edi. Gadjet uncha-muncha mobil qurilmalardan tezroq ishlaydigan SoC Tegra X1 bazasida faoliyat ko‘rsatadi, shu bois uning samaradorligi ancha yuqoridir. Hatto mazkur protsessor so‘nggi kunlarda taqdim etilgan SoC Snapdragon 835 chipidan ham tezroq ishlashi GFXBench T-Rex resursida qayd etilgan.

Biroq noma’lum sabablar tufayli NVIDIA kompaniyasi joriy yilda mazkur gadjetning davomchisini chiqarmadi. Endigina ko‘pchilik mutaxassislar firma ushbu pristavkadan voz kechganligini taxmin qilayotganda, 2017 yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida NVIDIA uning yangi versiyasini namoyish qilishi haqida xabarlar e’lon qilindi. Bu haqda Slashgear nashri xabar bermoqda.

Hozircha gadjetning texnik parametrlari haqida ma’lumot yo‘q. Biroq yangi konsol MIMO standartidagi Wi-Fi 802.11ac moduli, 4K kontent qo‘llovi, Wi-Fi Direct va Bluetooth LE interfeyslariga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.