Odamlar yangi iPhone olishni istashmayapti

Odamlar yangi iPhone olishni istashmayapti

Strategy Analytics kompaniyasining izlanishlariga ko‘ra oxirgi paytlarda foydalanuvchilar bitta smartfondan uzoq vaqt davomida foydalana boshlashdi. Tahlilchilarning aytishicha, yangi modellarga qiziqish yo‘qligi innovatsiyalar yo‘qligi bilan bog‘liq.

O‘rtacha foydalanuvchi iPhone’dan 18 oy, Samsung’dan esa 16,8 oy davomida foydalanadi. Agar butun Amerika bozorini o‘rtacha oladigan bo‘lsak, foydalanuvchilar bitta smartfondan yanada ko‘proq, naq 33 oy davomida ishlatishmoqda. Yevropaliklarning beshdan biri uch yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida smartfonini boshqasiga almashtirishmayapti.

 

Faqat 7% insonlargina ming dollardan ortiq narxdagi yangi iPhone yoki boshqa smartfonlarni sotib olishi mumkin. Samsung foydalanuvchilari shuningdek o‘z brendiga sodiq qolgan holda, Apple qurilmalarini sotib olishga shoshilishmayapti.

O‘QING: Eng arzon 5G smartfonning ilk partiyasi 1 soniyada sotilib ketdi!