Odnoklassnikining shaxsiy xabarlar bo‘limida endi o‘yin o‘ynash mumkin

Odnoklassnikining shaxsiy xabarlar bo‘limida endi o‘yin o‘ynash mumkin

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida yangi funksiya paydo bo‘ldi: endi shaxsiy xabarlar bo‘limida suhbatdosh bilan turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Bu borada Odnoklassniki tarmog‘ining blogida xabarb berilgan. O‘yinlar tarmoqning veb-versiyasida hamda iOS va Android tizimlariga mo‘ljallangan ilovalarda qo‘llab-quvvatlanadi.

482977 - копия

Suhbatdoshni o‘yinga faqat veb-versiya orqari taklif etish mumkin. Biroq o‘yinga OK mobil ilovalaridan ham qo‘shilsa bo‘ladi. O‘yinni ishga tushirish uchun suhbatdoshga xabarlar bo‘limidan taklif yuboriladi, qarshi taraf taklifni qabul etgach, o‘yin boshlanadi.

482978 - копия

Hozircha bunday rejimda faqat bitta – Uniwordsity o‘yini taklif etilgan. Mazkur o‘yinda muayyan so‘zlarni topish kerak bo‘ladi. Kelgusida fransuz dasturchisi Lisdwi tomonidan yaratilgan “Darts” o‘yini va boshqa o‘yinlarni qo‘shish rejalashtirilgan.