Olimlar: qog‘oz kitoblar elektron o‘yinchoqlardan samaraliroq

Olimlar: qog‘oz kitoblar elektron o‘yinchoqlardan samaraliroq

Oddiy qog‘oz kitob va kubiklar qo‘shiq aytuvchi, so‘zlarni takrorlovchi elektron o‘yinchoqlarga qaraganda bola nutqini tezroq rivojlantirar ekan. Arizona Universitetining olimlari izlanishlari natijasida yuqoridagi to‘xtamga kelishdi.

Tajriba sifatida 26 oilaning 10 oylikdan 16 oylikkacha bo‘lgan farzandlari o‘rganildi. Ota-onalarga uch turdagi o‘yinchoqlar berildi: elektron (bolalar kompyuteri va mobil telefon); oddiy o‘yinchoqlar (kubik, ehromchalar (piramida), bosh qotiruvchi yig‘ma o‘yinchoqlar);  uy hayvonlari, ranglar va turli jismlar aks etgan kitoblar. Farzandlarini ushbu o‘yinchoqlar bilan ovuntirish ota-onalarga taklif qilindi. Tadqiqot yakunida ma’lum bo‘lishicha, elektron o‘yinchoq o‘ynayotgan bolalar bilan ota-onasi juda kam suhbat quradi. Bolalar ham kattalar gapiga taqlid qilib o‘zlashtirishi sust kechadi. Aksincha, kitob bilan ovuntirilayotgan bolalar tez va samarali o‘zlashtiradi.

Qimmatbaho elektron o‘yinchoqlar kitob bilan bellasha olmasligini natija ko‘rsatdi. Xulosa faqat bola nutqini rivojlantirish masalasiga tegishliligini olimlar eslatib o‘tdi.

Shuningdek, kubik va ehromchalar ham bola qobiliyatini kamol toptirishda alohida o‘rni borligi aytib o‘tildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!