“Olma imperiyasi”: Apple kompaniyasi 40 yoshda

“Olma imperiyasi”: Apple kompaniyasi 40 yoshda

Amerikaning Apple kompaniyasi kecha, 1 aprel kuni o‘zining 40 yillik tavalludini nishonladi. So‘nggi to‘rtta o‘n yillik davomida faoliyatini garajdan boshlagan havaskor loyiha 600 milliard atrofidagi kapitalga ega jahondagi eng yirik kompaniyalardan biriga aylandi.

Oddiy kompyuter tizimlari savdosidan boshlagan Apple bugungi kunda 18ta mamlakatda o‘zining 480ta do‘koniga ega, uning sof daromadi esa 2015 yili 53 milliiard dollardan oshdi.

Kompaniyaning har bir mahsuloti turli davrlarda jahon elektronika bozorida mislsiz yutuqlarga erishgan.

Korporatsiya ishlab chiqarayotgan eng mashhur qurilmalariga – iPod musiqiy pleyeri, noutbuklar, iMac kompyuterlari, shuningdek iPhone smartfonlari kiradi. Apple ma’lumotlariga qaraganda, iPhone smartfonlaridan dunyoda 1 milliarddan ortiq kishi foydalanadi. Kompaniya rahbari Tim Kuk yaqinda bergan intervyularining birida buni e’tirof etdi.

“Hech kim Phone’ning bunday mashhur bo‘lib ketishini kutmagandi. Bu Apple’ning dunyoga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligidan dalolatdir”, – deydi u.

“Apple internetdan foydalanishda zamonaviy turmush tarzini belgilab berdi”, -deydi Creative Strategies analitik firmasi rahbari Tim Bejerin.

Manba: Kun.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!