Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

  •   DiMaX
  •  5549
  •  31.05.2019 12:00

Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Mail.ru kompaniyasi kuni kecha o‘tkazgan yopiq tadbirida ommabop shuterning Android hamda iOS platformalariga mo‘ljallangan talqini – Warface Mobile’ni e’lon qildi. Aytish kerakki, original Warface o‘yini 2018 yilning shartli bepul o‘yinlari o‘ntaligida Fortnite Battle Royale’dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.

O‘QING: 2018 yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingi bilan tanishing

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, shuterning mobil versiyasi smartfonlarga moslab, «noldan boshlab» ishlab chiqiladi. Uning tafsilotlarini ma’lum qilishmagan bo‘lsa-da, Warface Mobile dinamik geympleyni sinab ko‘rish imkonini berishini aytishgan. Xabarga ko‘ra, Android va iOS uchun Warface Mobile o‘yini shu 2019 yilning o‘zidayoq taqdim etiladi.

Aytib o‘tish kerakki, original Warface o‘yini Crytek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, birinchi relizi 2012 yili bo‘lib o‘tgan. 2018 yilning iyulida esa bu shuter PlayStation 4 (sotib olish) hamda Xbox One o‘yin konsollariga ham yetib kelgan.

O‘QING: PlayStation 5 qachon PS4’ni «o‘ldirishi»ni Sony o‘zi ma’lum qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!