Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (13-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (13-hafta)

O‘tgan hafta Xiaomi «Mega Taqdimot» o‘tkazib, ko‘plab yangi qurilmalarni taqdim etdi. Tabiiyki, ushbu yangi devayslarning bizning reytingda o‘rin egallaganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi.

Birinchi o‘rinni Mi 11 Ultra band etgan bo‘lsa, Poco F3 ikkinchilikka tushib qoldi. Top uchlikka Redmi Note 10 Pro nuqta qo‘ydi.

Yana bir yangi smartfon — Mi 11 Pro to‘rtinchilikka o‘z nomini yozdirgan bo‘lsa, Poco X3 Pro qoq markazni band etdi.

OnePlus 9R va Redmi Note 10'lar tegishlicha oltinchi va yettinchilikda.

Samsung'ning ikkita: A72 va A52 5G qurilmalari keyingi o‘rinlarni hech kimga bermagan bo‘lsa, reytingimizga realme X7 Pro Ultra yakun yasab berdi.

Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, ortda qolgan o‘n uchinchi haftadagi chartimiz Xiaomi'ning 6 ta, Samsung'ning 2 ta, OnePlus'ning 1 ta va realme'ning 1 ta smartfonidan tarkib topdi.

Xiaomi Mi 11 Ultra
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Mi 11 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
OnePlus 9R
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 8
Samsung Galaxy A52 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
realme X7 Pro Ultra
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (12-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!