Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (20-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (20-hafta)

Ortda qolgan yigirmanchi haftada bizning chartimizda tub burilish yasaldi. Birinchi o‘rinni Google'ning radikal dizaynli Pixel 6 Pro smartfoni egallab turibdi. Xiaomi Redmi Note 10 Pro o‘ninchi o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa, top uchlikni Poco M3 Pro 5G band etdi.

Standart Note 10 to‘rtinchi, Poco X3 Pro esa beshinchida. Ro‘yxatimizdagi eng so‘nggi Xiaomi smartfoni — Poco F3 oltinchi o‘ringa o‘z nomini yozdirdi.

Shu bilan Samsung'ning davri keldi. Galaxy S21 Ultra reytingda yuqorilab, yettinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Galaxy A72'ga sakkizinchi pog‘ona nasib qildi.

So‘nggi o‘rinlarni esa Galaxy A12 va ZTE nubia Z30 Pro'lar band etdi.

Shunday qilib, ortda qolgan yigirmanchi haftada bizning reytingdan 5 ta Xiaomi, 3 ta Samsung, 1 ta Google va 1 ta ZTE smartfoni o‘rin oldi.

Google Pixel 6 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Xiaomi Poco M3 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 4
Xiaomi Poco F3
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Samsung Galaxy A72
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9
ZTE nubia Z30 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: top o‘ntalikka kirmagan

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (19-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!