Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (32-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (32-hafta)

O‘tgan hafta smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining bir necha flagmanlarini taqdim etishdi. Natijada bu haftadagi top o‘ntalik butunlay o‘zgarib ketdi.

Xiaomi kompaniyasining yangi Mi Mix 4 smartfoni reytingning birinchi pog‘onasini egalladi. Undan keyingi o‘rinlarga mos ravishda Samsung kompaniyasining yangi Galaxy Z Fold3 hamda Z Flip3 buklamafonlari joylashdi.

Redmi Note 10 Pro ushbu hafta ikkinchi o‘rinni boy berib, to‘rtinchi o‘ringa pastladi. Undan keyingi pog‘onalarini yana yangi taqdim etilgan Honor Magic3 Pro+ smartfoni hamda Xiaomi Pad 5 Pro plansheti egalladi.

Poco X3 Pro hamda Samsung Galaxy S21 Ultra mos ravishda yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarni band etishdi. Xiaomi Redmi Note 10 esa to‘qqizinchi pog‘onani egalladi.

Reytingni OnePlus Nord 2 5G smartfoni yakunlab berdi.

Top o‘ntalikni Google Pixel 6, Huawei P50 Pro, Poco F3 GT, Poco X3 GT hamda Galaxy A52 smartfonlari tark etishdi.

Xiaomi Mi Mix 4
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy Z Fold3 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Samsung Galaxy Z Flip3 5G
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Honor Magic3 Pro+
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Pad 5 Pro
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Xiaomi Redmi Note 10
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

OnePlus Nord 2 5G
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5


O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.