Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (43-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (43-hafta)

O‘tgan hafta bir nechta yangi smartfonlar taqdim etildi. Bu o‘z navbatida top o‘ntalikda katta o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Redmi Note 11 Pro+ reytingda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Ikkinchi o‘rinni Redmi Note 11 Pro egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Sony Xperia Pro I yakun yasadi.

Yana bir Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 11 smartfoni to‘rtinchi pog‘onadan o‘rin oldi. O‘tgan haftada yetakchi bo‘lgan Google Pixel 6 Pro bu hafta beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Undan keyingi o‘rin Xiaomi 11i HyperCharge smartfoniga nasib etgan bo‘lsa, Google Pixel 6 qurilmasi yettinchi pog‘onadan o‘rin oldi.

iPhone 13 Pro Max asta-sekin jadvalda pastlab bormoqda. Bu hafta ham ushbu smartfon uch pog‘ona pastlab sakkizinchi o‘ringa joylashdi. Galaxy A52s ham bu hafta to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, Redmi Note 10 Pro reytingga yakun yasab berdi.

Top o‘ntalikni Galaxy S21 Ultra, Galaxy A12, Poco X3 Pro, OnePlus 9RT smartfonlari tark etishdi

Xiaomi Redmi Note 11 Pro+
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Sony Xperia Pro I
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Xiaomi Redmi Note 11
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Google Pixel 6 Pro
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Xiaomi 11i HyperCharge
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Google Pixel 6
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (42-hafta)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.