Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (46-hafta)

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (46-hafta)

46-haftaga kelib Redmi Note 11 Pro reytingda yetakchi bo‘lib oldi. Galaxy A52s esa ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Uch haftadan beri jadvalning birinchi pog‘onasida bo‘lib kelayotgan Redmi Note 11 Pro+ bu hafta uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

O‘tgan hafta taqdim etilgan Motorola Moto G200 smartfoni to‘rtinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, iPhone 13 Pro Max o‘zining beshinchi pog‘onasini saqlab qoldi.

Poco M4 Pro bu hafta uchinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushib ketdi. O‘z navbatida, Redmi Note 10 Pro hamda Galaxy S21 Ultra smartfonlari ham jadvalda bir pog‘onadan pastlab, yettinchi hamda sakkizinchi o‘rinlarni band etishdi.

Galaxy A12 qurilmasi to‘qqizinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, reytingni Poco X3 Pro yakunlab berdi.

Top o‘ntalikni Pixel 6 Pro smartfoni tark etdi.

Xiaomi Redmi Note 11 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 2

Samsung Galaxy A52s 5G
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 4

Xiaomi Redmi Note 11 Pro+
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: 1

Motorola Moto G200 5G
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: reytingga kirmagan

Apple iPhone 13 Pro Max
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: 5

Xiaomi Poco M4 Pro 5G
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: 3

Xiaomi Redmi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6

Samsung Galaxy S21 Ultra
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 7

Samsung Galaxy A12
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 9

Xiaomi Poco X3 Pro
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (45-hafta)