Ommabop Xiaomi smartfonlaridan birining xotirasi ikki karra kuchaytirilmoqda, narxi esa eskicha...

  •   DiMaX
  •  2733
  •  25.07.2018 17:25

Ommabop Xiaomi smartfonlaridan birining xotirasi ikki karra kuchaytirilmoqda, narxi esa eskicha...

Xiaomi kompaniyasi o‘zining ommabop modellaridan biri – Redmi Note 5 qurilmasini doimiy xotirasi ikki karra oshirilgan talqinda taqdim etdi. Aniqrog‘i – tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 6 va 128 gigabaytga teng bo‘lgan ushbu smartfon 27 iyuldan savdoga chiqariladi.

O‘QING: «Xiaomi’cha jang»: Redmi S2, Redmi 5 Plus va Redmi Note 5

Ajablanarli tomoni shundaki, Xiaomi ushbu «bag‘ri keng» smartfonga 250 dollar atrofida narx belgilagan. Redmi Note 5 modeli bozorga endi chiqarilganida, uning 6/64 gigabaytlik talqini ham ayni shunday narxda edi. Eslatib o‘tamiz, mazkur devaysning 3/32 gigabaytlik xotiraga ega varianti ham mavjud.

Yangi variantdagi Redmi Note 5 smartfonining ekrani piksellar sig‘imi 2160x1080 birlikka teng. Gadjet yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 636 chipi, 12 va 5 megapikselli fotomodullarga ega qo‘shaloq kamera hamda barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Smartfon Android 8.1 talqinidagi proshivkaga ega bo‘lib, Project Treble’ni qo‘llab-quvvatlaydi. 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori esa Qualcomm Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Ayni damda yurtimiz bozorlarida Redmi Note 5 smartfonining xotira hajmi 3/32 hamda 6/64 gigabaytlik talqinlarini xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: O‘zbekistonda sotilayotgan barcha smartfonlar narxi (2018 yil 23 iyul) – Olcha.uz’da O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!