One UI 4.0 (Android 12) gacha yangilanuvchi Galaxy'lar ro‘yxati bilan tanishamiz

One UI 4.0 (Android 12) gacha yangilanuvchi Galaxy'lar ro‘yxati bilan tanishamiz

One UI 4.0 qobig‘i hali rasman tasdiqlangani yo‘q, biroq Samsung'dagilar dasturiy ta’minot platformasi dizayn falsafasiga keskin o‘zgartirish kiritmasa, demak, One UI 4.0 interfeysi Android 12 operatsion tizimiga asoslangan bo‘ladi.

O‘QING: Samsung yana ko‘plab qurilmalarini One UI 3.1'ga o‘tkazishda davom etmoqda. To‘liq ro‘yxat bilan tanishamiz

One UI 4.0 proshivkasi One UI 3.5'ga nisbatan anchayin evolyusion ta’minot bo‘lishini kutish mumkin. Yangi interfeys avgust oyida Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3'larda debyut qilinishi kutilmoqda.

One UI 4.0 interfeysi Samsung'ning to‘qqizinchi One UI versiya yangilanishi bo‘ladi. Kutilganidek, ba’zi Galaxy smartfonlari va planshetlari Android 12 bazasidagi tizim yangilanishlarini qabul qilishi kerak, qolganlari esa yo‘q.

Quyida Samsung'ning Android yangilanish siyosatiga muvofiq, yaqin kelajakda Android 12 bazasidagi One UI 4.0 interfeysiga o‘tuvchi Galaxy'larning keng ko‘lamli ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

Eslatib o‘tamiz, Samsung tanlangan Galaxy smartfon va planshetlariga uchta Android OT yangilanishini yuborish siyosatini qabul qilgan. Bu siyosat 2019 yildan Android 9 va undan keyingi tizim asosida chiqarila boshlagan qurilmalarga taalluqli. Quyida keltirilgan ro‘yxat mana shu siyosatga asoslanib tuzilgan.

E’tibor bering, ushbu ro‘yxat tugallangan emas va kelajakda unga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Barcha o‘zgarishlarni saytimiz orqali ma’lum qilib boramiz.

Galaxy S seriyasi

•Galaxy S21 Ultra (LTE/5G)
•Galaxy S21+ (LTE/5G)
•Galaxy S21 (LTE/5G)
•Galaxy S20 Ultra (LTE/5G)
•Galaxy S20+ (LTE/5G)
•Galaxy S20 (LTE/5G)
•Galaxy S20 FE (LTE/5G)
•Galaxy S10 5G (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy S10 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy S10+ (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy S10e (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy S10 Lite

Galaxy Note seriyasi

•Galaxy Note 20 Ultra (LTE/5G)
•Galaxy Note 20 (LTE/5G)
•Galaxy Note 10+ (LTE/5G – Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Note 10 (LTE/5G – Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Note 10 Lite

Galaxy Z seriyasi

•Galaxy Fold (LTE/5G – Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Z Fold 2 5G
•Galaxy Z Flip
•Galaxy Z Flip 5G

Galaxy A seriyasi

•Galaxy A71 5G
•Galaxy A71
•Galaxy A51 5G
•Galaxy A51
•Galaxy A52
•Galaxy A52 5G
•Galaxy A72
•Galaxy A90 5G (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A01 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A11 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A31 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A41 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A21 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A21s (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A Quantum
•Galaxy Quantum 2
•Galaxy A42 5G
•Galaxy A02 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A02s (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A12 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy A32
•Galaxy A32 5G

Galaxy M seriyasi

•Galaxy M42 5G
•Galaxy M12
•Galaxy M62
•Galaxy M02s (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy M02 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy M21 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy M21s (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy M31
•Galaxy M31 Prime Edition (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy M51 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy M31s (Oxirgi Android OT yangilanishi)

Galaxy F seriyasi

•Galaxy F41 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy F62
•Galaxy F02s (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy F12

Galaxy Xcover seriyasi

•Galaxy Xcover Pro (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Xcover 5

Galaxy Tab seriyasi

•Galaxy Tab S7+ (LTE/5G)
•Galaxy Tab S7 (LTE/5G)
•Galaxy Tab S6 5G
•Galaxy Tab S6 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Tab S6 Lite
•Galaxy Tab A 8.4 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Tab A7 (Oxirgi Android OT yangilanishi)
•Galaxy Tab Active 3 (Oxirgi Android OT yangilanishi)

O‘QING: Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, 2 iyunda chiqayotgan HarmonyOS tizimiga o‘tadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!