OnePlus 5 smartfoni ham iPhone X’dagi kabi funksiyaga ega bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1225
  •  01.02.2018 18:19

OnePlus 5 smartfoni ham iPhone X’dagi kabi funksiyaga ega bo‘ldi

«Hech qachon qotmas» smartfonlari bilan tanilgan OnePlus kompaniyasi o‘zining OnePlus 5 modeli uchun OxygenOS 5.0.2 proshivkasining barqaror talqinini taqdim etdi. Bu versiyadagi asosiy yangiliklardan biri – 2017 yilning eng kuchli smartfoni bo‘lmish ushbu qurilmaga Face Unlock funksiyasi ham qo‘shilganidir.

O‘QING: Jahonning eng kuchli smartfonlari – TOP10

Aytish kerakki, Face Unlock funksiyasi kompaniyaning bundan keyingi smartfoni – OnePlus 5T bilan birga taqdim etilgan. Unda gadjetni yuz-qiyofa orqali blokirovkadan chiqarish texnologiyasi joriy qilingan bo‘lib, 90 foiz holatda aniq ishlaydi. Old panelda buning alohida kamera mavjud emas, kameraning o‘zi qiyofani tekshiruvdan o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Ammo OnePlus smartfonlaridagi Face Unlock funksiyasi baribir iPhone X’dagi FaceID singari o‘ta ishonchli emas. Kompaniya buni yaxshi biladi va shu bois ham gadjetni bloklash va blokdan chiqarishda barmoq izi skaneri eng ishonchli usul ekanini e’tirof etadi.

O‘QING: OnePlus 5, Mi6, iPhone 7+, Galaxy S8: flagmanlarga xos 6 jihatni taqqoslaymiz

Face Unlock’dan tashqari, OxygenOS 5.0.2 proshivkasida bir qancha yangi imkoniyat va funksiyalar ham taqdim etilgan. Jumladan, video suratga olishda elektron barqarorlashtirish imkoniyati hamda «Qaydlar» ilovasi qo‘shilgan. «Galereya», «Ob-havo» ilovalarini hamda fayl menejerini yangilashgan. OxygenOS’ning mayda nuqsonlari bartaraf etilgan.

Ta’kidlash kerakki, OxygenOS 5.0.2 proshivkasi OnePlus 5T foydalanuvchilariga hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich taqdim etiladi. Lekin, agarda kutishni istamasangiz, VPN’ni faollashtirib, smartfon sozlamalarida hududni «Kanada» yoki «Germaniya» sifatida belgilasangiz bo‘ladi. Shundan so‘ng yangilanishlarni tekshirsangiz, OxygenOS 5.0.2 proshivkasi «ko‘rinadi» va uni yuklab olib smartfoningiz proshivkasini yangilasangiz bo‘ladi.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.