OnePlus 5T iPhone, Samsung hamda Google flagmanlarini yana uyaltirdi

OnePlus 5T iPhone, Samsung hamda Google flagmanlarini yana uyaltirdi

Bir hafta avval taqdim etilgan OnePlus 5T flagmani kompaniyaning eng yaxshi sotilayotgan flagmaniga aylandi. Qualcomm Snapdragon 835 protsessori hamda 8 gigabaytli LPDDR4X turidagi tezkor xotiraga ega smartfon ekspert va oddiy foydalanuvchilarni hayratlantirishda davom etmoqda. Tezkorlikda gadjet qolgan androidlarni hattoki uyaltirib qo‘ymoqda.

Bugun esa OnePlus 5T quvvatdorlik bo‘yicha ham mahoratda tengsiz ekanini ma’lum qildi. FoneArena nashri jurnalistlariga ko‘ra, smartfon tezkor quvvat olish bo‘yicha chaqqonlikda boshqa raqiblarini ortda qoldiradi.

O‘qingOnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

Uning "quvvat toshi"dagi tok sig‘imi 3300 mA·soat. Shu bilan birga, 6 dyuymli, 2160 × 1080 pikselli ekranga ega gadjet bu quvvat bilan 1,5 kun faoliyat ko‘rsatadi. OnePlus muhandislari nafaqat quvvati uzoqqa yetadigan smartfon, balki tezkor quvvat oladigan mobil vosita yaratishga muvaffaq bo‘lishgan. Bunda firmaning Dash Charge texnologiyasining o‘rni muhim.

OnePlus 5T qadog‘ida Dash Charge texnologiyasi uchun zarur qurilmalar ham mavjud. U tezkorlikda Apple, Samsung va Google qurilmalaridan 3 karra chaqqonroq.

OnePlus 5T quvvat olish musobaqasida iPhone 8 Plus, Samsung Galaxy S8 Plus hamda Google Pixel 2 XL bilan kuch sinashib ko‘rdi. Smartfonlar rozetkaga ulanishidan 30 daqiqa o‘tib, OnePlus 5T o‘zida keyingi bir sutkaga yetadigan quvvatni jam qildi. Xitoylik gadjet quvvat darajasini 55 foizga to‘ldirgan edi. Bu vaqtda uning raqiblari 11 % dan 17 % gacha bo‘lgan diapazonda quvvat olishgan.

OnePlus 5T displeyini o‘chirib qo‘yib quvvatga qo‘ysangiz, uning batareyasi 30 minutda 65 % ga to‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.