OnePlus 7 Pro’ning uchtalik kamerasi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1138
  •  23.04.2019 18:57

OnePlus 7 Pro’ning uchtalik kamerasi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Yangi qurilmaning namoyishi keyingi oydayoq bo‘lib o‘tadi. Hozircha esa insayderlar yangi ma’lumotlarni bo‘lishishmoqda. Shunday qilib, OnePlus 7 Pro’ning «uch ko‘zli» kamerasi modullaridan biri 48 megapiksel aniqlikda bo‘ladi.

Garchi bu allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan esa-da, kameraning boshqa sensorlari to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas edi. Endi aniqlanishicha, ikkinchi modul uch karralik zum va F/2.4 diafragmaga ega bo‘lgan 8 megapiksellik datchikdan iborat.

Uchinchi modul esa F/2.2 diafragma va 16 megapiksellik juda keng ko‘rish burchagigi ega. Bu – yangi smartfonning asosiy o‘ziga xosligi va oddiy OnePlus 7’dan ajratib turuvchi jihati hisoblanadi.

O‘QING: OnePlus 7 yangi va «jonli» rasmlarda: 5G modulli, romsiz ekranli slayder!