OnePlus 8'lar muddatidan avvalroq taqdim etiladi

OnePlus 8'lar muddatidan avvalroq taqdim etiladi

2020 yilning birinchi yarmida foydalanuvchilar qaysi flagmanni ko‘proq kutishmoqda? Kimdir Samsung Galaxy S20'ni aytadi, Xiaomi muxlislari Xiaomi Mi 10 uchun ovoz berishadi, Huawei muxlislari esa P40'ni eslab o‘tishlari aniq. Aftidan, Xitoyning eng yaxshi flagmani unvoniga OnePlus 8 ham da’vogarlik qila oladiganga o‘xshaydi.

Hozirda “sakkizlik“ ustida ish olib borilmoqda va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ish odatdagi jadvaldan tezroq va muvaffaqiyatli davom etmoqda. Taniqli insayder Ishan Agarvalning xabar berishicha, OnePlus 8 va OnePlus 8 Pro hamda Lite versiyasi shu yilning mart yoki aprel oylarida taqdim etilishi kerak. Uning ma’lum qilishicha, bu yil kompaniya ranglar palitrasini kengaytiradi va har ikki flagman yangi turdagi yashil tus oladi.

Oldingi ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus 8 va OnePlus 8 Pro OLED panellari, Snapdragon 865 chipi, kamida 8GB tezkor, 128/256GB doimiy xotira va 64MP+20MP+12MP bo‘lgan uchta kameraga ega bo‘ladi. “Sakkizlik“ning asosiy versiyasida 4000 mA/soat akkumulyator, 30 vattli tezkor zaryadlash, 120 GHz chastotali 6,5 dyuym diogonaldagi displey va 32 megapikselli old kamera bo‘ladi.

Pro versiyasi 6,7 dyuymli ekran, 4500 mA/soat batareya, 32 megapiksel + ToF sensorli selfi moduli bilan jihozlangan bo‘lib, IP68 toifasidagi suvga chidamlilik va tezkor 50 vattlik tezkor zaryadlash imkoniyatlarini o‘zida mujassam etadi.

OnePlus 8 Lite esa Dimensity 1000 protsessori, 90 GHz chastotali 6,4 dyuym diogonalli ekran, 16 megapikselli old kamera, 4000 mA/soat batareya, 30 vattli tezkor zaryadlash va 48 MP+16 MP+12 MP orqa kameralar bilan jihozlanadi.

O‘QING: OnePlus 8 Lite'ning renderlari bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!