OnePlus 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus kompaniyasi yangi OnePlus 9 qurilmalari bilan smartfon sanoatida o‘z o‘rnini topishda davom etmoqda. OnePlus 9 va 9 Pro'dan boshlab, OnePlus kamera borasida yangi hamkor bilan ish boshladi.

O‘QING: OnePlus N10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Kompaniya Hasselblad bilan uch yillik hamkorlikka kirishdi va bundan manfaat ko‘rgan birinchi smartfonlar OnePlus 9 va 9 Pro'lar bo‘ldi. 

OnePlus 9 Pro dizayni avvalgi modeldagi OnePlus smartfonlarinikidan unchalik ham farqlanmaydi. Oldingi avlod smartfonlaridagi orqa panel o‘rtasiga vertikal joylashtirilgan kameralar dizayni o‘zgargan. 9 Pro'ning kameralari endilikda to‘rtburchak modul ichiga joylangan.

Qurilmaning LTPO AMOLED displeyi yangicha displey texnologiyasidan foydalanadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu energiya sarfini 50% gacha kamaytirishga xizmat qiladi. Smartfondagi «Aqlli 120Hz» funksiyasi ekranning yangilanish chastotasini 1Hz'dan 120Hz'gacha moslashtirish imkonini beradi. 

Birinchi marta o‘tgan yilgi OnePlus 8T'ga o‘rnatilgan ikki elementli akkumulyator tizimi va qadoq ichidagi 65 Vt quvvatlagich smartfonni deyarli yarim soat ichida to‘liq quvvatlash imkonini taqdim etadi. Kompaniya, shuningdek, tezkorroq quvvat beruvchi Warp simsiz quvvatlagichini ham yaqinda namoyish etdi. Ushbu zaryadchik 50 Vt da qurilmani ham vertikal, ham gorizontal pozitsiyada quvvatlay oladi.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

OnePlus 9 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: alyuminiydan ishlangan rom, 3D Gorilla Glass orqa paneli va qo‘sh-qayrilma displey cheti, old va orqa panelda Gorilla Glass 5 shishasi.

> Displey: 6.7" Fluid Display 2.0 (LTPO AMOLED), 10-bit rang, 120Hz, HDR10+, MEMC, avtomatik rang harorati sozlamasi, 1,300 nit (maks.), 1440x3216p rezolyutsiya, 20.1:9 forma faktori.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 8GB yoki 12GB LPDDR5 + 128GB yoki 256GB UFS 3.1 xotira (kengaytirish imkoni mavjud emas).

> OT/Dasturiy ta’minot: OxygenOS 11/Android 11.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): Sony IMX789 48 MP, 1/1.43", f/1.8, 23 mm, 1.12 µm multi-avtofokus (PDAF+LAF+CAF), OIS + EIS; •Ultrakeng/makro: Sony IMX766 50MP, 1/1.56", f/2.4, 14 mm, Freeform linzasi; •Telefoto: 8MP, 3.3x zum, 1.0µm piksel, f/2.4, 77 mm ga teng ko‘rish maydoni; •Monoxrom: 2MP.

> Video yozuv: 8K@30 kadr/sek., 4@ 30/60/120 kadr/sek., Super Slow Motion 720p@480 kadr/sek., 1080p@240 kadr/sek., 4K taymlaps, DOL-HDR.

> Akkumulyator: 4,500 mAs qo‘sh-elementli, Warp Charge 65T, Warp Charge 50 Vt simsiz, 5 Vt teskari simsiz quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (optik, ekran ostida) old panelda RGB datchigi (tusni avtomatik o‘zgartirish uchun), ogohlantiruvchi slayder.

Ekran o‘lchami va rezolyutsiyasidan tashqari, OnePlus 9 va 9 Pro'lar o‘rtasidagi tafovut Pro modeldagi maxsus telefoto kameraning mavjudligida ko‘rinadi. Yangilangan asosiy kamera IMX789 Sony sensoridan foydalanadi. Ushbu sensor turli yo‘nalishli fazani aniqlash va qo‘sh ISO funksiyalariga ega bo‘lsa, ultrakeng kamera 50MP datchik va tasvir sifati buzilishining oldini oluvchi yangicha linzaga ega.

Video yozuv imkoniyatlari ham oshirilgan bo‘lib, qurilma 8K aniqlikda soniyasiga 30 ta kadr yoki 4K aniqlikda 120 ta kadr olish imkoniyati bilan jihozlangan. Yangicha Nightscape Video 2.0 funksiyasi esa past yorug‘likda yaxshiroq tasvir olish imkonini beradi.

Qadoq tarkibi

Smartfonning qizil qadog‘i tarkibida smartfonlar bilan birgalikda himoya g‘ilofi, 65 Vt Warp Charge quvvatlash adapteri va ikkala tomoni ham Type-C USB 2.0 tipidagi qizil kabel bor.

O‘QING: Oppo Find X3 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!