OnePlus’ning «kemtik»li ekranga ega yangi flagmanini ilk «jonli» suratda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1131
  •  28.02.2018 11:53

OnePlus’ning «kemtik»li ekranga ega yangi flagmanini ilk «jonli» suratda ko‘ring!

«Hech qachon qotmas» smartfonlari bilan tanilgan OnePlus kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagmanini tayyorlayotgani haqida ko‘pdan beri xabarlar yuribdi. Endi esa, insayderlar joriy yilda taqdim etiladigan ushbu qurilmaning birinchi «jonli» rasmini internetga chiqarib yuborishdi.

O‘QING: OnePlus 5T: kuchli Android-flagman ikki barobar arzon!

Manbalarning ta’kidlashicha, yangi flagman OnePlus 6 yoki OnePlus 7 deb nomlanishi mumkin. Ushbu smartfon displeyining dizayni ham, hozirgi ko‘pchilik telefonlarda uchrayotgani kabi, iPhone X’dan «ko‘chirilgan» – uning yuqori qismida «o‘yiq» mavjud.

Flagmanning orqa qopqog‘i shishadan ishlanganiga qaraganda, u simsiz zaryadlash funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa kerak. Qo‘shaloq kamera modullari ostida fotochaqnoq, undan pastda daktiloskopik datchik mavjud, uning ham tagida esa kompaniya logotipi tushirilgan.

Smartfon 6 GB tezkor xotira va 64 GB doimiy flesh-xotiraga ega. Uning boshqaruvini OxygenOS 5.1.0 MEA_3 grafik qobig‘i ostidagi Android 8.1.0 Oreo operatsion tizimiga topshirishgan. Devaysning «yuragi» yakka kristalli Snapdragon 845 tizimi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: OnePlus 5T hatto iPhone X va Samsung Galaxy S8’dan ham zo‘r chiqdi!