OnePlus o'zining yangi Concept smartfoni tizer qildi

OnePlus o'zining yangi Concept smartfoni tizer qildi

Yaqinda o'zining OnePlus 11 flagman smartfonini taqdim qilganidan so'ng, kompaniya endilikda uning Concept versiyasini chiqarishga tayyorlanmoqda. OnePlus MWC tadbiriga yaqin yangi smartfon tizerini chiqardi.

OnePlus 11 Concept nomli yangi smartfon asosan OnePlus 11 dizayniga ega, lekin uning orqasi, Nothing Phone 1 smartfonida bo'lgani kabi LED chiroqlarga ega. Uzun liniyali LED chiroqlari moviy rangda bo'lib, ular kamera orolini ham o'rab turadi.

"Tasvirlar OnePlus 11 kontseptsiyasining muhandislik yutuqlarini ko'rsatadi: telefonning butun orqa qismidan o'tadigan muzli ko'k liniyalar OnePlus 11 Concept o'ziga xos "qon tomirlari"ga ega ekanligini ta'kidlaydi. OnePlus 11 Concept'ning qalin va futuristik dizayndagi shisha ichida joylashgan liniyalari muzli ko'lning sokin jimjitligi va ulkan kuchidan ilhomlanilgan", – deydi OnePlus.

Garchi kompaniya bu "muzli liniyalarning" aynan nima maqsadda o'rnatilganligini ochiqlamagan bo'lsa ham, yuqorida berilgan ta'rifdan ular smartfonning, xuddi kompyuterlarda bo'lganidek, suyuqlik bilan sovutish tizimi sifatida xizmat qilishi ehtimoli borligini aytishimiz mumkin (yoki yo'q).

OnePlus 11 Concept rasman kelayotgan haftada bo'lib o'tadigan MWC 2023 tadbirida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Tecno Phantom V Fold: rasmiy tizer surat va tarqatilgan jonli video

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.