OnePlus va Meizu benchmark natijalarini soxtalashda ayblandi

OnePlus va Meizu benchmark natijalarini soxtalashda ayblandi

Bundan bir necha yil oldin Samsung va HTC kabi kompaniyalar benchmarklardagi testlarda sun’iy ravishda qurilma samaradorligini oshirishda ayblangan edi. Endi esa XDA Developers resursi foydalanuvchilari OnePlus kompaniyasini ham bunday usullardan foydalanishini aytishmoqda.

4PDA nashrining yozishicha, benchmark testlarida smartfon ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida OnePlus Snapdragon Performance Visualizer utilitasini ishlatadi. XDA Developers resursi Snapdragon 821 protsessorining OnePlus 3T smartfonida noodatiy tarzda ishlashiga guvoh bo‘lishgan: muayyan ilovalar ochilganda smartfon chastotasi yuqorilagan va qayta o‘z o‘rniga tushmagan.

Dasturchilar tomonidan yaratilgan maxsus Geekbench ilovasi yordamida resurs foydalanuvchilari sotuvdagi boshqa OnePlus 3T smartfonini sinab ko‘rishgan va natijalar kompaniyaning firibgarlik qilayotganini tasdiqlagan. OnePlus esa bunday usuldan og‘ir o‘yinlarda smartfon samaradorligini oshirish uchun foydalanishini ma’lum qilgan. Xuddi shunga o‘xshash usuldan Meizu firmasi Pro 6 modelida foydalangani aytilmoqda. 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!