OnePlus yana taqdimot qilyapti. Lekin nimani?

OnePlus yana taqdimot qilyapti. Lekin nimani?

OnePlus kompaniyasi OnePlus 7T'ning taqdimot marosimiga mehmonlarni taklif qilganida, hamma OnePlus 7T va 7T Pro smartfonlari taqdim qilinishini kutgan edi. Chunki taklifnomada "OnePlus 7T seriyasi" deb yozilgandi. Vaholanki, taqdimotda 7T Pro haqida umuman gapirilmadi.

Endi esa, kompaniya 10-oktyabrda yana bir taqdimot bo‘lib o‘tishi haqida xabar berdi. Bu safar smartfonsoz mijozlarga OnePlus 7T Pro'ni taqdim qilishni ko‘zlagani shubhasiz. 

Biroq shu yerda savol tug‘iladi. Pro talqinning oddiy 7T'dan nima afzalligi bo‘ladi? Buz smartfom joriy yil may oyida taqdim qilingan 7 Pro'dan o‘zi umuman farq qiladimi? Bu savollarga tez orada javob topamiz. Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring. 

O‘QING: Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya