OnePlus yangi «flagmanlar kushandasi» sababli Ginness rekordlar kitobiga kirdi

  •   DiMaX
  •  1171
  •  05.11.2018 10:34

OnePlus yangi «flagmanlar kushandasi» sababli Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Joriy yilning 29 oktyabrida rasman taqdim etilgan OnePlus 6T flagmani allaqachon jhon bo‘ylab sotila boshlagan. Uning savdosi boshlanishidan hatto raqobatchilari ham unumli foydalanib qolishgan.

O‘QING: Xiaomi’ning «masxaraviy» reklamasi: u OnePlus 6T xaridorlariga kalkulyator tarqatyapti!

Nima bo‘lganda ham, OnePlus kompaniyasi ushbu yangi «flagmanlar kushandasi» tufayli rekord o‘rnatdi va bu holat Ginness kitobiga muhrlab qo‘yildi.

Gap shundaki, kompaniya 1 noyabr kuni Hindistonda «MEGA-UNBOXING» nomli keng ko‘lamli aksiya o‘tkazdi. Unda 559 nafar xaridor yap-yangi OnePlus 6T qadoqlarini baravariga ochishdi.

Aytish kerakki, bu tadbirda nafaqat OnePlus kompaniyasi fanatlari, balki hindistonlik bir necha mashhur shaxslar ham ishtirok etishdi. Jumladan, fitnes-model va aktrisa Bani J hamda lirik, rep-ijrochi va musiqa prodyuseri Brodha V kabilar ham OnePlus 6T qadog‘ini namoyishkorona ochishdi. Esingizda bo‘lsa, OnePlus 6T hali rasman namoyish etilmasidan avval ham kompaniya uni Bollivud qiroli ishtirokida videoreklama qilgandi.

O‘QING: Xiaomi nimasi bilan Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.