Onlayn darslarni buzgani uchun YouTube-bloger ustidan jinoiy ish ochildi

  •   DiMaX
  •  831
  •  23.04.2020 13:16

Onlayn darslarni buzgani uchun YouTube-bloger ustidan jinoiy ish ochildi

Koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli butun dunyoda davlat ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini onlayn usulda olib bormoqda. Bunda ba’zi hududlarda internet tezligi pastligi, ayrimlarning iqtisodiy ahvoli undan foydalanishga imkon bermasligidan boshqa ham xalaqit beruvchi omillar bor ekan.

O‘QING: Maktab o‘quvchilariga tekinga noutbuklar beriladi

Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi boshqarmasi tomonidan maktab onlayn darslariga xalaqit berganlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining xabariga ko‘ra, mazkur ishda «VKontakte» tarmog‘idagi Artur Amayev gumondordir.

Artur Amayev videobloger bo‘lib, YouTube tarmog‘ida Russia Paver kanalini yuritadi va 912 mingdan ortiq obunachiga ega. Shu yilning 27 mart va 6 aprel kunlari u o‘z kanaliga ikkita videolavha joylagan va keyinchalik o‘chirib yuborgan. Mazkur roliklarda u o‘zining maktab onlayn darsalariga ulanganini, o‘quvchilarning ustidan kulganini maqtanib ko‘rsatgan edi. Ba’zi hollarda u o‘zini Ta’lim vazirligi xodimi sifatida tanishtirgan, translyasiyalar davomida surbetlik qilib darslarga xalaqit bergan.

«Onlayn darslarni buzish holatlari Sankt-Peterburg shahri hududida yuz bergan. Hozir Amayevning qayerda ekanligi aniqlanmoqda», – deydi Tergov qo‘mitasi.

O‘QING: IT-yo‘nalishlar bo‘yicha bepul videodarslarga marhamat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!