Oppo A73 bir yumalab Oppo A73s’ga aylanmoqda: texnik imkoniyatlari qanday bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  1335
  •  20.06.2018 17:22

Oppo A73 bir yumalab Oppo A73s’ga aylanmoqda: texnik imkoniyatlari qanday bo‘ladi?

2017 yilning dekabrida Oppo kompaniyasi Helio P23 chipi bilan arzon Oppo A73 smartfonini chiqargan edi.  Endi esa ma’lum bo‘ldiki, ishlab chiqaruvchi  mazkur apparatni yangilash ustida ish olib bormoqda. Yangi qurilma Oppo A73s, deb ataladi.

O‘QING: Oppo R15S haqida qiziq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda

Oppo A73s yanada yangi MediaTek Helio P60 protsessori bilan ta’minlanadi.  Displeyi va tezkor xotira sig‘imi avvalgicha qolgan: 6-dyuymli matritsa tomonlari nisbati 18:9 bo‘lib,  2160 dan 1080 pikselgacha bo‘ladi. Ichki xotirasi  esa 32 dan 64 gigabaytgacha kengaytirilgan. Asosiy kamera yakkaligicha qoladi, selfi-kamera sig‘imi esa 16 migapikseldan 8 megapikselgacha kamaytirilgan. Akkumulyator sig‘imi  3200 dan 3410 mAch gacha ortgan. Apparat OS Android 8.1 bilan boshqariladi. Qurilmanining  narxi ma’lum emas, lekin 300 dollardan oshmasligi, bu aniq.  Oppo A73 esa  255 dollar turadi.

O‘QING: OPPO Find X: flagmanning xususiyatlari o‘zgacha