Oppo A91 va Oppo A8'lar dizayni bilan tanishamiz

Oppo A91 va Oppo A8'lar dizayni bilan tanishamiz

Oppo 26 dekabr kuni Reno 3 lineykasining 5G tarmog‘ida ishlaydigan smartfonlar taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

Ammo, yirik smartfonsozlardan biri hisoblanuvchi kompaniya boshqa modellarni ham chiqarishni rejalashtirgan. Weibo ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan yangi reklama afishasiga ko‘ra, Oppo 2020 yilda A91 va A8 modellarining yangi versiyalarini ham taqdim etadi.Odatdagidek, afishaning o‘zi modellar haqida to‘liq ma’lumot bermaydi. Shunday bo‘lsada, qurilmalar dizayni yetarli darajada aniq ko‘rsatilgan va bo‘lajak Oppo mahsulotlari, shu jumladan, Reno 3, Reno 3 Pro, A91 va A8'ning asosiy xususiyatlarini ham bilib olish mumkin. Bundan tashqari, afishada Reni 2z va A11 kabi allaqachon taqdim etilgan qurilmalar ham ko‘rsatilgan.Brend ishqibozlari Reno 3 seriyasidagi qurilmalarining barcha texnik xususiyatlarini yaxshi bilishadi, bundan tashqari, Pro versiyasi tasvirning yangilanish chastotasi 90Hz bo‘lgan displeyga, odatiy versiyasi esa avvalgi kabi 60Hz chastotali ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek, endi kompaniyaning yangi byudjet smartfonlari — A91 va A8 haqida ham ko‘proq narsa ma’lum bo‘ldi.

Yangi modellar nimasi bilan ajralib turadi?

Promo tasvirlarda ko‘rsatilganidek, Oppo A91 48 megapikselli asosiy kamera, 8GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga, shuningdek, VOOC 3.0 tez zaryadlash texnologiyasiga ega. O‘z navbatida, Oppo A8 6,5 dyuymli displey, 128GB ichki xotira va 4250 mA/soat akkumulyator bilan jihozlanadi. Hozircha, ushbu ikki yangi qurilma haqida bilgan barcha ma’lumotlarimiz shulardan iborat. Tarmoqdagi rasmiy reklama materiallarining paydo bo‘lishini hisobga olsak, yangi suyuklilarimiz bizni ko‘p kuttirishmaydi.O‘QING: Oppo Reno 3 haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.