Oppo bir necha kundan keyin o'zining yangi smartfonini taqdim qiladi

Oppo bir necha kundan keyin o'zining yangi smartfonini taqdim qiladi

Oppo kompaniyasi o'zining A1 Pro deb nomlanadigan yangi smartfonini taqdim qilish arafasida. Kompaniya o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida bo'lajak qurilma texnik xususiyatlarini birma-bir oshkor qilmoqda.

Garchi o'rta sinf smartfoni bo'lsa ham Oppo A1 Pro smartfoni 2.32 millimetrli pastki jag' va 56 gradusga egilgan yon tomonlari bilan flagmanlardek ko'rinishga ega. U 108MP asosiy kameraga ega va unga 2MP oddiy portret sensor hamrohlik qiladi. Shuningdek, smartfon 120 gerts yangilanish tezligiga ega OLED displey bilan ham jihozlanishi tasdiqlangan.

Oppo A1 Pro rasman kelayotgan chorshanba, ya'ni 16-noyabrda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Oppo'ning 240 Vt tezlikda zaryadlanadigan smartfoni qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!