Oppo F3 Plus kamerasi Galaxy S8’ga qarshi: 485 va 850 dollarlik smartfonlar kurashi

Oppo F3 Plus kamerasi Galaxy S8’ga qarshi: 485 va 850 dollarlik smartfonlar kurashi

Samsung 850 AQSh dollaridan boshlab sotayotgan Samsung Galaxy S8+ surat olishda brendning boshqa smartfon modellaridan birmuncha ustun. Smartfon bosh kamerasi 12 megapikselli, Samsung bu gal kameraga texnik emas, dasturiy o‘zgartirishlar kiritgan, ya’ni tasvirni shakllantirish algoritmi takomillashtirilgan. Old kamera — 8 megapikselli va avtofokus tizimiga ega, bu esa selfi-suratlarning yorqin va tiniqligiga xizmat qiladi.

U bilan bir vaqtda taqdim qilingan Xitoyning Oppo brendining “ijodi” bo‘lmish  «SelfieExpert» laqabini olgan. Uning old kamerasi 2 ta. Gadjetga bosh kamera uchun 16 MP sig‘imli Sony IMX398 sensori o‘rnatilgan. OPPO F3 Plus 485 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

Ikki xil narxdagi smartfonlarni o‘zaro taqqoslash xato bo‘lishi mumkin. Biroq, quyidagi, bu smartfonlarda olingan suratlarga baho berib, ehtimol fikringiz o‘zgarib qolar.

Eslatma: barcha suratlar bir xil sharoitda olingan.

1-manzara: Kunduzgi sharoitda keng burchakli surat olish.

OPPO olgan surat yorqin bo‘lsa ham, bino rangi bir oz yashil tusga kirgan. Samsung olgan suratda esa aniqlik va tabiiylik yuqori.

2-manzara: Tabiat go‘zalligini muhrlash va so‘ng suratni yaqinlashtirib ko‘rish.

Bir qaraganda OPPO olgan surat nisbatan yorqin va taassurotliga o‘xshaydi. Biroq, bu suratlarni olgandan keyin yaqinlashtirib ko‘rsak, S8 Plus olgan surat OPPO F3 Plus’nikiga qaraganda detalarga boy ekaniga guvoh bo‘lamiz.

S8+ kamerasida umumiy manzara qorayibroq ko‘ringan. Shu bilan birga, tabiiylik saqlab qolingan. Oppo kamerasi manzarani qayta ishlayotgan qo‘shimcha yorqinlikni ta’minlaydi. Bu esa ba’zi o‘rinda surat sifatiga ta’sir qiladi.

3-manzara: Ichkari sharoitda yaqindan suratga olish mahorati.


Quyidagi suratlar sifat jihatidan bir-biriga juda yaqin. Kichkina farq bilan Samsung flagmani ustunlik qilishi mumkin.

4-manzara: Yorug‘lik past ichkari sharoitda fotochaqnoqni yoqmasdan surat olish.

Qorong‘ulik har qanday smartfonning eng yuqori imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi. Bu gal har ikkala telefon ISO funksiyasini ishga solgan. Samsung Galaxy S8+ yorug‘lik past sharoitda surat olishda mahoratini namoyish qilgan.

Xulosa
Smartfon sanoatida tajriba va maktab ham muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagi Samsung misolida biz bunga guvoh bo‘ldik. Yosh OPPO kompaniyasi ham F3 Plus kabi yaxshi smartfonlar ishlab chiqarish harakat qilmoqda. Binobarin, biz yuqorida tilga olgan kamchiliklar oddiy foydalanuvchi uchun ahamiyatsizdir. Biroq, 480 va 850 dollar o‘rtasidagi farq juda sezilarli. Umid qilamizki, yillar o‘tib bu brend ham kuchli kamerafonlar bilan kurasha oladigan raqobatbardosh gadjetlar ishlab chiqara boshlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.