Oppo F9 Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  789
  •  13.08.2018 10:08

Oppo F9  Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchi  Oppo kompaniyasi yangi Oppo F9 selfifonini namoyishga hozirlamoqda. Yaqinda tarmoqlarda yangi qurilma haqida ayrim tafsilotlar paydo bo‘lgandi. Endi esa u yangi apparatlarning ishlash samaradorligini testdan o‘tkazishga ixtisoslashgan Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.

Hisobotga ko‘ra, smartfonga  CPH1823 kodli nom berilgan. Bundan tashqari, yangi apparat sakkiz yadroli MediaTek Helio P60 (aka MT6771) chipi bilan ta’minlangan. Uning tezkor xotirasi  6 GB bo‘lib, qurilma   Android 8.1 Oreo’da ishlaydi. Bundan avvalgi tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Oppo F9 ham unchalik katta bo‘lmagan qirqmali 6.3-dyuymli displeyi bilan  jihozlangan.  Qolaversa, yangi apparat 25-megapikselli old kamera, ikkitalik 16 Mp + 2 Mp asosiy kamera va sig‘imi 3500 mAch bo‘lgan batareya va VOOC tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega. 

O‘QING:Oppo F9 selfifoni: jihat va narx ma’lum bo‘ldi

Bir yadroli testda yangi apparatning ishlash samaradorligi 1481 ball yig‘a oldi, ko‘p yadroli testda esa  5673 ball yig‘ildi. Ushbu ma’lumotlarni jamlab, xulosa shuki, apparat flagman protsessorli emas, shu bois  arzon qurilma uchun bu natija yomon emas.

O‘QING:Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!